Smartfonda olingan fotosurat va hujjatlar qayerga yoʻqoladi?

    SD-kartadagi muammolar, keshdagi nosozlik va virus tufayli rasm va ma'lumotlar ko'rinmasligi mumkin. Bu holatlarning har birini sozlasa bo'ladi

    SD-kartadagi muammolar, keshdagi nosozlik va virus tufayli rasm va maʼlumotlar koʻrinmasligi mumkin. Bu holatlarning har birini sozlasa boʻladi, — dedi “Roskachestvo” raqamli ekspertiza markazi rahbari Anton Kukanov “Praym” agentligiga.

    Baʼzan shunday boʻladiki, smartfondagi fotosuratlar — koʻpincha Androidda yoʻqoladi. Bunday holat SD-kartadagi muammolar tufayli yuzaga keladi. Agar SD-kartada rasm va hujjatlar saqlangan boʻlsa, unda ularning “yoʻqolish” sababi kartani formatlash, uning buzilishi yoki maʼlumotlarning ustiga yozilgan boʻlishi mumkin.

    “Shuningdek, keshdagi nosozlik tufayli rasmlar koʻrinmay qoladi, keyin siz uni tozalab, telefoningizni qayta yoqishingiz kerak”, — dedi mutaxassis.