Nashr maʼlumot berishicha, naqshlar, bezaklar va shtamplar bilan bezatilgan oʻzbek nonlari — anʼanaviy tandirlarda tayyorlanadi.
Oʻzbek nonlari hududga qarab turlicha boʻladi: Toshkentning yumshoq nonlaridan tortib Samarqandning patir nonlarigacha, deya yozadi CNN Travel. Nonlar tandirdan olinishi bilanoq, darhol bozor va choyxonalarga issiq holda yetkaziladi.








