Coca-Cola İçecek kompaniyasi Coca-Cola Uzbekistonʻdagi davlat ulushini xarid qilish uchun ariza berdi

    Investitsiyalar 6 Yanvar 2021 1530

    Agentlik Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd MCHJ ustav kapitalidagi 57,118 foiz ulushini sotish niyatida.

    Coca Cola İçecekʻga yozishicha, kompaniya ulushni sotib olish uchun ariza bergan.

    “Kompaniyamiz Oʻzbekistonni koʻrib chiqmoqda… va kecha kechqurun savdolar jarayonining birinchi bosqichida ishtirok etish uchun (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — tahr.) ariza berdi”, — deyiladi xabarda.

    Agentlik Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd MCHJ ustav kapitalidagi 57,118 foiz ulushini sotish niyatida.

    Savdolar ochiq arizalar asosida tashkil etilgan boʻlib, unda talablarga javob beradigan tomonlarning barchasi ishtirok etishi mumkin. Ular orasida, masalan, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va ularning savdosi sohasida kamida 7 yillik tajriba talab etiladi.

    Coca Cola İçecek — alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi turk kompaniyasi boʻlib, uning tarixi 1964-yilga borib taqaladi. 2002-yildan hozirgi nomda faoliyat koʻrsatmoqda. Coca-Cola tuzilmasida eng muhim korxonalardan biri hisoblanib, 10 ta bozorga mahsulotlarini yetkazib beradi. Asosiy egalari Anadolu Efes (50,3 foiz) va The Coca-Cola Company (20,1 foiz) hisoblanadi