Bu haqda “Agir pour lʼEnvironnement” tashkiloti xabar berdi.
Olimlarning olib borgan tadqiqotlarda plastik baklajkalardagi Coca-Cola ichimligi tarkibida kamida 6 xil turdagi plastiklar aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, tadqiqotlar mikro va nanoplastiklarni aniqlashga ixtisoslashgan ikkita laboratoriyada oʻtkazilgan. Olimlar Schweppes va Coca-Cola gazli ichimliklarini 1, 10 va 20-marta ochgandan soʻng undagi mikroplastik zarrachalar miqdorini oʻlchagan. Natijada baklajkalar qopqogʻi qanchalik koʻp ochilsa, gazli ichimlikka shunchalik koʻp mikroplastik zarrachalar tushgan.
Taxminan 20-marta ochilganidan keyin bir litr Cola ichida 46 tagacha mikroplastik boʻlaklari topilgan. Bundan tashqari, nanozarrachalar ham aniqlangan, ularning inson toʻqimalari bilan reaksiyaga kirishishi ehtimoli yuqori.
Tadqiqot oʻtkazgan Agir pour lʼEnvironnement tashkiloti Fransiyaning oziq-ovqat, atrof-muhit, salomatlik va xavfsizligi agentligi (ANSES) hamda Raqobat, isteʼmolchilar bilan ishlash va firibgarlikka qarshi kurash bosh boshqarmasiga (DGCCRF) murojaat qilgan.
Murojaatga asosan Coca-Cola kompaniyasi kompaniyalar ichimlik idishlarining barchasi oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga qoʻyiladigan talablarga javob berishini “agar Coca-Cola tarkibida plastik aniqlansa qasddan idishga kiritilmagan boʻladi”, — deya munosabat bildirgan.
Shuningdek, Coca-Cola kompaniyasi “hozirgi kunda plastik zarralarni yutish inson salomatligi uchun muammo tugʻdirishiga oid ilmiy dalillar yoʻq”, deya taʼkidlagan.