Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi xodimlari va viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Boysun tumanidagi “Darband” YPX maskanida reyd tadbirlari oʻtkazildi.
“Denov — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Denov tumanida yashovchi fuqaro A.Shokir (ism shariflar oʻzgartirilgan) boshqaruvidagi Kobalt rusumli avtomashina toʻxtatilib uning yukxonasi tekshirilganida, jami 182 kg yirik shoxli mol goʻshti hech qanday veterinariya hujjatlarisiz Toshkent shahriga sotish uchun olib ketilayotgan vaqtda toʻxtatib qolindi.
Ushbu goʻsht mahsulotlari Boysun tuman veterinariya boʻlimi tomonidan laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilganida isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanib, Termiz hayvonot bogʻiga topshirildi.
Fuqaro A.Shokirga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 109-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi, deya xabar bermoqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.