Yuqumli kasalliklar milliy markazida faoliyat yuritadigan singapurlik olimlar ana shunday xulosaga kelishdi, deya xabar beradi tass.ru.

Ekspertlarning taʼkidlashicha, kasallikning ogʻir yoki yengil kechishidan qatʼiy nazar asoratlar ana shunday uzoq vaqt saqlanib turishi mumkin.

“Tadqiqotlar shuni koʻrsatyaptiki, koronavirusdan nafaqat oʻpka, balki boshqa organlar ham sezilarli ravishda zarar koʻradi”, deya qayd etdi milliy markaz eksperti, tadqiqot mualliflaridan biri Barnabi Yang.

Uning soʻzlariga koʻra, ayrim bemorlarning qon tomirlari, xususan, har bir organda mavjud boʻlgan kichik tomirlarga ziyon yetadi. Bu esa butun qon aylanish tizimini bloklanishiga sabab boʻladi”.