COVID-19 ga qarshi dori vositalari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi

    Salomatlik 12 Avgust 2020 1871

    Hukumatning tegishli qarori (474-son, 11.08.2020 y) bilan Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar roʻyxati kengaytirilib, 5 turdagi tibbiyot buyumlari qoʻshildi.

    Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

    Shuningdek, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar roʻyxatiga ham tegishli oʻzgarishlar kiritildi.

    Jumladan, umifenovir, meglyumina akridonatsetat, ritonavir, sikloferon kabi dori vositalari chiqarilib, roʻyxatga kolxitsin, nistatin, flukonazol kabi dori vositalari kiritildi.

    Shuningdek, endilikda quyidagi tibbiyot buyumlari ham davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan import qilinishi mumkin:

    - infuzion va shrpis nasoslari uchun kraynik, shprislar va magistral uzaytirgich liniyalar;

    - MSKT uchun shpris-kolba va magistral uzaytirgich liniyalar;

    - kislorod ballonlari, yostiqchalari, butlovchi va sarf materiallari;

    - muzlatilgan qon va plazmani eritish uchun apparat;

    - kislorod klapanlari va kislorod regulyatorlari (reduktorlari) namlagich butilkalari bilan birga.