Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Shuningdek, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar roʻyxatiga ham tegishli oʻzgarishlar kiritildi.
Jumladan, umifenovir, meglyumina akridonatsetat, ritonavir, sikloferon kabi dori vositalari chiqarilib, roʻyxatga kolxitsin, nistatin, flukonazol kabi dori vositalari kiritildi.
Shuningdek, endilikda quyidagi tibbiyot buyumlari ham davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan import qilinishi mumkin:
- infuzion va shrpis nasoslari uchun kraynik, shprislar va magistral uzaytirgich liniyalar;
- MSKT uchun shpris-kolba va magistral uzaytirgich liniyalar;
- kislorod ballonlari, yostiqchalari, butlovchi va sarf materiallari;
- muzlatilgan qon va plazmani eritish uchun apparat;
- kislorod klapanlari va kislorod regulyatorlari (reduktorlari) namlagich butilkalari bilan birga.