Mazkur amaliyot hozir COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda, ayniqsa, u yoki bu dori vositalarini qoʻllashni har xil mamlakatlar mutaxassislarining pandemiya oylari davomida orttirgan tajribalari va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalarida toʻplangan xalqaro tajriba bilan solishtirish dolzarb boʻlib turgan paytda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu nuqtayi nazarning oʻxshashligi Germaniyaning Robert Kox nomli instituti tashabbusi bilan Milliy palata mutaxassislari uchun oʻtkazilgan videokonferensiyada taʼkidlandi. Onlayn muhokama joriy yil 13-mayda boshlangan ikki tomonning hamkorlar uchrashuvining bir qismi boʻlib qoldi.

R.Kox nomli institut vakili Bokleydj xonim taʼkidlaganidek, ushbu nufuzli tadqiqot muassasasi panohida Germaniyaning infeksion klinikalari tarmogʻi faol ish olib boradi. Milliy palata ushbu tarmoq bilan hamkorlikka chaqirilgan. Bu esa germaniyalik mutaxassislar tajribasi, hamda ularning kasbiy munosabatlarini hisobga olgan holda COVID-19 boʻyicha vaqtincha klinik boshqaruv boʻyicha samarali ishga yordam beradi. Albatta, R. Kox nomli Germaniya instituti pandemiya jarayonida toʻplagan tavsiyalar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hujjatlarida aks etadi. Va pandemiyaga qarshi kurashda dunyoning har xil mamlakatlari shifokorlari ushbu tavsiyalarga amal qiladilar.

Videokonferensiyaning germaniyalik ishtirokchilari Byorn Yensen va Timo Vulflar Oʻzbekiston tajribasi, shuningdek COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash boʻyicha mamlakatda qoʻllanilayotgan tavsiyalar bilan qiziqib qoldilar. Dyusseldorf va Frankfurt universitetlari shifoxonalari vakillari sifatida ular yaqinda Oʻzbekistonda boʻlgan, endi esaCOVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash boʻyicha tajribalari bilan boʻlishyapti. Videokonferensiya davomida ular har xil dori vositalarini qoʻllash,dozalarning belgilanishi, va bunda bemorlarning oʻziga xos xususiyatlarini, hamda JSST tavsiyalarini inobatga olish kabi savollarni qoʻydilar. Tomonlar muzokaralarni ishtirokchilarning kengaytirilgan yigʻilishida davom ettirishga kelishildi.

Bugungi haqiqiy holatni hisobga olgan holda, tomonlar ishonchli tibbiyotga asoslangani tufayli bemorlarga juda yaxshi taʼsir etayotgan klinik qoʻllanmalar va protokollarning qabul qilinishi uchun fikr almashish muhimligini taʼkidladilar. Ushbu yoʻnalish boʻyicha ish davom etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.