COVID-19 kasalligida zotiljam asoratlari kechishining klinik xususiyatlari va diagnostik meʼzonlarini oʻrganish uchun moʻljallangan dasturning asosiy vazifasi kasallikni davolashda va kechishida sifat samaradorligini oshirishga yordam berishdan iborat.

Kasallikni erta bosqichlarida davolash va uning asoratlarini oldini olish, bemorlar hayot faoliyatini barqaror tarzda davom etishiga yordam beradigan mazkur dastur Intellektual mulk agentligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilib, DGU 14466 raqamli guvohnoma bilan muhofazaga olindi, deb yozadi Intellektual mulk agentligi.