— Pnevmoniya kelib chiqishigayam mana shu osma ukol sabab boʻlyapti. Ukol orqali tanaga suyuqlik yuborganlik natijasida yurak uni oʻzlashtirolmayapti, shuningdek, oʻpka alveolalari suvga toʻlib qolyapti. Shu sababli bemorlarda kislorod ishlab chiqarish toʻxtab qolyapti va saturatsiya tushib ketyapti.
Koʻp bemorlarda vaziyat ogʻirlashayotgani uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi shifokor va hamshiralardan bemorlarga osma ukol yozmasligi haqida tilxat olyapmiz.
Aholi orasida osma ukolning zararli oqibatlari boʻyicha tushuntirish ishlari olib boryapmiz.
Koronavirusga chalingan bemorga shifokor tomonidan osma ukol buyurilsa, javobgarlikka tortiladi.