Tadbirda Markaziy Osiyoda Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.Mazkur mintaqaviy konferentsiyani o'tkazishdan asosiy maqsad pandemiya sharoitida Markaziy Osiyoda inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari hamda jamoatchilik vakillari faoliyati yuzasidan o'zaro tajriba almashish bilan birga vaziyatni yanada yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadbirda O'zbekiston tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz direktori, akademik, Akmal Saidov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Feruza eshmatova hamda O'zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi raisi Oybek Isoqovlar ishtirok etdi.
Mintaqaviy muloqotda so'z olgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) dastlab pandemiya munosabati bilan O'zbekistonda qabul qilingan qaror va farmonlar, aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha belgilangan tartib va imtiyozlar, karonavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarga to'xtaldi.
SHuningdek, pandemiya sharoitida Ombudsman instituti tomonidan murojaatlar bilan ishlash, jumladan nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini ta'minlash, shuningdek, yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirish orqali penitentsiar muassaalarda saqlanayotgan mahkum va mahbuslar huquqlarining ta'minlanishi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Mintaqaviy konferentsiya yakunlari bo'yicha sho''balarga bo'lingan holda muhokamalar uyushtirildi hamda inson huquqlarini ta'minlash samaradorligini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.