Qaror bilan, markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga quyidagi har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi:

  • vrach xodimlarga – 2,5 mln soʻm;
  • oʻrta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln soʻm;
  • kichik tibbiyot xodimlariga – 1 mln soʻm;
  • boshqa xodimlarga – 500 ming soʻm.