Crew Dragon fazoviy kemasi sayyohlarni Xalqaro koinot stansiyasidan Yerga muvaffaqiyatli olib qaytdi

    Crew Dragon fazoviy kemasi Xalqaro koinot stansiyada o'n kun bo'lgan sayyohlarni Yerga olib qaytdi. Bu haqda 31-may kuni SpaceX kompaniyasi ma'lum qildi.

    Kapsula 12 soatlik parvozdan so'ng Florida sohiliga kelib qo'ndi.

    Ekipaj tarkibi sobiq NASA astronavti Peggi Vitson, tadbirkor Jon Shoffner va Saudiya Arabistonining ikki astronavti Rayyan Barnavi va Ali al-Karnidan iborat, deyiladi korrespondent.net saytida.