Polaris Dawn nomi bilan ma'lum bo'lgan missiya professional bo'lmagan astronavtlarning birinchi marta koinotga chiqishini nazarda tutadi.
Falcon 9 raketasi Crew Dragon fazoviy kemasi bilan Florida shtatidagi Kennedi koinot markazidagi uchirish majmuasidan AQSh Sharqiy vaqti bilan 05:23 da havoga ko'tarildi. Raketaning uchirilishidan 12 daqiqa o'tgach, kema raketaning ikkinchi bosqichidan ajralib chiqqandan so'ng orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi.
Polaris Dawn 1400 kilometrgacha bo'lgan parvoz balandligi rekordini o'rnatishni maqsad qilgan, bu 1966-yildagi Gemini 11 missiyasining natijasini yangilash imkonini beradi.
Bu Shift4 Payments asoschisi, milliarder Djared Ayzekman tomonidan moliyalashtiriladigan Polaris dasturining uchta missiyasidan birinchisi. Ekipaj tarkibida Ayzekmandan tashqari sobiq AQSh harbiy-havo kuchlari podpolkovnigi Skott Potit va SpaceX muhandislari Sara Gillis va Anna Menon ham bor. Yer orbitasiga besh kunlik sayohat Oy va Marsga bo'lajak missiyalar imkoniyatlarini chamalab ko'rishga yordam beradi, deb xabar beradi korrespondent.net.