Tomonlar transport sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Xitoy kompaniyasining ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Xususan, transport infratuzilmasi obyektlarini loyihalash va qurishda Xitoyning moliyalashtirish va muhandislik tajribasini jalb etgan holda ishtirok etish imkoniyatlari muhokama etildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.
1957-yilda tashkil etilgan Xitoy Davlat Qurilish Muhandislik Korporatsiyasi (CSCEC) Xitoyning eng yirik qurilish kompaniyasi va dunyodagi eng yirik qurilish pudratchilaridan biri (mamlakatdagi yigirmata eng yirik kompaniyalar qatoriga kiradi).