Xitoyda yangi qonun oʻrnatildi. Unga koʻra, dabdabali ovqatlarni internetga joylaganlik uchun 1500$ jarimaga tortilish mumkin.

Shuningdek, bunday buyurtmaga rozi boʻlgan ovqatlanish korxonalariga ham keskin chora qoʻllaniladi.

Bunday noodatiy qonunga sabab - pandemiya tufayli butun dunyoda roʻy berishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat tanqisligi xavfidir.

Hukumat shu orqali xalqni isrofgarchilikdan tiyilishga undamoqda.