Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi muqaddam JKning 277-moddasi bilan sudlangan 23 yoshli A.B. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.B. jabrlanuvchi A.A. bilan “Telegram” messenjerining “Villa Sun Shine” nomli guruhida tanishgan va unga begona shaxsning dala hovlisi fotosuratlarini yuborib, uni arzon narxda ijaraga berishini aytib aldab, dala hovlini oldindan band qilib qoʻyish uchun A.A.dan 1.500.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻzining foydalanuvidagi bank kartasiga oʻtkazdirib olib, bergan vaʼdasini bajarmagan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, A.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.