Tekshiruvda fuqaro B.X. va boshqalar tumandagi “Alaqargʻa” qishlogʻida joylashgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydoniga ega boʻlgan dala shiyponini “S.H.” MCHJning muhri va shtampidan foydalanib, goʻyoki ushbu dala shiyponi MCHJga qarashli ekanligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu hujjatlar orqali Qarshi shahridagi “I.K.” MCHJda dala shiyponi 4 mln soʻmga boshqa fuqaro F.N.ga sotilganligi haqida savdo bayonnomasini chiqarishga erishib, dala shiyponi F.N.ga berib yuborilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.