“Akmalxon” fermer xoʻjaligi rahbari Xayrullo Gʻufronov joriy yilda 20 gektar yerda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatdi. Buning uchun 66 ming AQSH dollari sarfladi.

Fermerning qayd etishicha, yangi tarmoq uchun sarflangan 66 ming dollar mablagʻning bir qismi subsidiya, soliq imtiyozlari tarzida qaytib beriladi. Shu bois fermer birinchi yildayoq harajatni qoplashiga ishonmoqda.

Fermer xoʻjaligi aʼzolari bu yil jami 72 gektar yerda parvarishlangan gʻalla va paxtadan 700 million soʻmdan ziyod daromad olishni koʻzlab turibdi.

R. KAMOLOV.