Haydovchi bilan suhbatlashish jarayonida u haqiqatdan ham haydovchilik guvohnomasi qalbaki ekanligini, Rossiyada yurgan vaqti ishga joylashish maqsadida shu hujjatni komp`yuter yordamida tayyorlaganligini tan olgan.
YPX inspektorlari ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, fuqaroni ashyoviy dalilllar bilan birga tuman ichki ishlar bo'limiga topshirishgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati