Shanba kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

Oʻzbekistonning koʻpchilik hududlarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimoli-gʻarbiy hududlaridan tashqari) yakshanba kuni yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.

Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati +7...+10 daraja iliqqacha isiydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +3...+6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0...+5 daraja iliq boʻladi.

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-fevral – yakshanba kuni ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Toshkentda: bugun biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Ertaga 15-fevral kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. 16-fevralda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik

(yomgʻir, qor) boʻladi.

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Bugun va ertaga kunduzi harorat 7-10 daraja iliq boʻladi.

16-fevral — yakshanba kuni +3...+6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0...+3 daraja iliq boʻladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.