“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, bugun faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Faqat respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va choʻl hududlarda ayrim joylarda shamolning kuchayishi 20-22 m/s ga yetishi mumkin.
20-22-iyunda Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona vodiysining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida boʻladi, shanba va yakshanba kunlari 37-40 darajagacha koʻtariladi.