Havo harorati kunduz kuni 35-37° ni, Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda 41-43° gacha ni tashkil etadi.

Dam olish kunlari respublika boʻyicha asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat meʼyordan 1-2° ga koʻp boʻladi va 33-36° ni, janubda va choʻl hududlarida 37-40° ni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol baʼzi joylarda changli boʻron bilan 17-22 m/s gacha kuchayadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.