Havo harorati 35-37 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 40 darajagacha boʻladi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.
Dam olish kunlari respublika boʻyicha nisbatan nam va biroz issiq boʻlgan kuchsiz havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.
Mamlakatimiz hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat bugun kunduzi 35-37 daraja, yakshanba kuni 32-35 daraja boʻladi. Harorat asosan kechalari 20-22 daraja boʻladi.