Shanba va yakshanba kunlari respublika boʻyicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Kechalari hali ham sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat 0-5 daraja sovuq atrofida boʻladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 5-8 daraja iliqqacha, janubda 10-12 daraja iliqqacha isitadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda: bugun havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon kuchsiz qor yogʻishi mumkin. Harorat 2-4 daraja iliq boʻladi.

Shanba va yakshanba kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat kechalari 2-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8 daraja iliq boʻladi.