8-mart kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

9–10-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduz kunlari +13…+18 darajagacha koʻtariladi.

Respublikaning togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, 7–8-mart kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkentda 7-mart kunduzi vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechga tomon qisqa muddatga yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor. Harorat ertalab +6…+8 daraja atrofida boʻladi, kechga tomon +3…+5 darajagacha pasayadi. Shamol tezligi 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

8-martda kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat +10…+12 daraja boʻladi.

9–10-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +3...+6 daraja boʻladi, kunduz kunlari +14...+17 darajagacha koʻtariladi.