Dam olish kunlari havo harorati+ 42 darajagacha koʻtariladi

    Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari taʼsiri ostida boʻldi.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, 13-iyundan boshlab respublika hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi, asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin koʻtariladi. Bugun kunduzi harorat 33-35 daraja boʻladi, dam olish kunlari 36-38 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda esa 40-42 darajagacha koʻtariladi.

    Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Ayrim togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida, dam olish kunlari 36-38 daraja boʻladi.