Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqdi.
Maʼlumotga koʻra, havo harorati asta-sekin koʻtariladi. Shanba kuni choʻl hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni Oʻzbekistonning markaziy hududlari boʻyicha kunduzigi harorat +32…+34 darajaga yetadi.
20–21-sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati +23…+28 daraja atrofida boʻladi.
Shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Kunduzi havo harorati juma kuni +26 daraja, shanba kuni +28…+30 daraja, yakshanba kuni +32…+34 daraja atrofida boʻladi.