Respublika hududining katta qismida havo quyoshli boʻladi, faqat Fargʻona vodiysining togʻli hududlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi. momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz koʻtariladi. Kunduz kunlari harorat +37...+40 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda +41...+43 darajagacha boʻladi.
Keyingi hafta davomida Oʻzbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va havo harorati yana +1...+2 darajaga koʻtariladi.
Poytaxtimizda 21-23-iyul kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun +36...+38 daraja, shanba va yakshanba kunlari +38...+40 daraja boʻladi.