Bugun Oʻzbekiston hududining katta qismida kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 24-27 daraja boʻladi.
Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyati choʻl hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, harorat 17-22 darajagacha pasayadi.
Ertaga, 21-oktyabr kuni shimoli-gʻarbiy hududlardan bulutlilik Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Navoiy va Buxoro viloyatlarida kechasi va ertalab, qolgan hududlarda kun davomida baʼzi joylarda jadalligi birozdan oʻrtachagacha boʻlgan yomgʻir yogʻadi. Respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
22-oktyabr, yakshanba kuni respublikaning koʻpchilik hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatildi.
Dam olish kunlari havo harorati kechalari +7...+12 daraja, kunduz kunlari +18...+23 daraja atrofida boʻladi.
Poytaxtimizda: 20-22-oktyabr kunlari havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, asosan yogʻingarchilik kutimaydi, faqat 21-oktyabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +10...+13 daraja, kunduz kunlari +20...+23 daraja boʻladi.