Lekin, Oʻzbekistonning shimoliy chekka hududlariga bugundan boshlab Volga boʻyi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuniga kelib, havo harorati 30-33° gacha, Ustyurtda 23-26° gacha pasayadi. Shimolda va choʻl hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutiladi.

Yakshanba kunidan boshlab quruq va salqin havo Oʻzbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 32-35° gacha, Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida 22-27° gacha biroz pasayadi.

Keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon taʼsiri kuchayadi. Butun hududda yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy meʼyorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda 10-13° ni, kunduz kunlari 26-29° ni tashkil etadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.