Oʻzbekiston hududi boʻyicha iyun oyi oxirida kuzatilgan anomal issiq ob-havo davridan soʻng kecha va bugun issiq havo asta-sekin pasayib bormoqda.
Bugun kunduzi Respublika boʻyicha havo harorati 35-38° atrofida boʻladi.
Dam olish kunlari issiq yana koʻtarila boshlaydi. yakshanba kuniga kelib harorat 38-41°gacha koʻtariladi.
Ushbu kunlarda janubiy hududlarning eng chekka qismida 43-45°gacha boʻlgan harorat bilan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.
Biroq bu issiq uzoq davom etmaydi. Keyingi haftaning boshidan esa respublika hududida Volga boʻyi hududlaridan salqin havo kirib keladi. Dushanba kuni harorat asta-sekin pasayishni boshlaydi va haftaning aksariyat qismida 30-35° atrofida, baʼzi joylarda 37-38°gacha boʻladi.
Respublika hududining katta qismida bugun va dam olish kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Qoraqalpogʻistonda 3-iyulda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi , momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. 3-iyulda shimolda va choʻl hududlarda shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
1-3-iyulda Fargʻona viloyatining togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqinlari holatlari kuzatilishi mumkin. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.