Dam olish kunlaridagi iliq havodan soʻng, havo salqinlashadi

    Mamlakatimizda 24 Sentabr 2021 848

    Bugun va ertaga Oʻzbekistonda quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Termometr ustuni kunduz kunlari 32-34° gacha koʻtariladi.

    Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalari saqlanib turadi, kechasi harorat 15-17° ni, kunduz kuni 35-37° ni tashkil etadi. Yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volga boʻyi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12° gacha, kunduz kuni 20-25° gacha pasayadi.

    Dushanba kuni salqin havo Oʻzbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika boʻyicha harorat foni keskin pasayadi va haftaning birinchi yarmi davomida kunduz kungi havo harorati 23-27°, kechasi 12-15° atrofida boʻladi.

    26-27-sentyabr kunlarida salqin havo massasining kirib kelishida bulutli qatlamlar koʻpayadi va baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

    Haftaning ikkinchi yarmida havo haroratining yanada pasayishi kutilyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.