Maʼlum qilinishicha, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Samarqand viloyatlarida 14-mart kuni kechqurun va 15-mart kuni ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

Havo harorati bosqichma-bosqich koʻtarilib boradi. Juma kuni kunduzi +8…+13 daraja boʻlishi kutilsa, shanba va yakshanba kunlari havo +14…+17 darajagacha iliydi.

Kechalari ham haroratning koʻtarilishi kuzatiladi. Mamlakatning katta qismida tungi harorat 0…+5 daraja atrofida boʻladi. Ayrim hududlarda esa kechalari kuchsiz sovuq saqlanib turishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.

Toshkent shahrida 13–15-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati juma kuni kunduzi +11…+13 daraja, dam olish kunlari esa +13…+15 daraja boʻladi. Kechalari harorat −1…+4 daraja atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.