Foto: Hakim Tohir
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida bugun kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin, 5-aprel kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi “Oʻzgidromet” agentligi.
6-aprelda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
4–6-aprel kunlari harorat foni ancha yuqori boʻishi saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo +23...+28 darajagacha, baʼzi joylarda 30 darajagacha isiydi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, respublika boʻyicha baʼzi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun kunduzi yogʻingarilik kutilmaydi, 4-aprelda kechga tomon, 5-aprelda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 5-aprelda kunduzi biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
6-aprelning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol 5–10 metr/soniya tezlikda esadi, 4-aprelda kechga tomon 12–15 metr/soniyagacha kuchayadi.
Harorat 4-aprel kuni kunduzi +28...+30 daraja, 5–6-aprel kunlari +23...+26 daraja, kechalari +12...+15 daraja boʻladi.