Quyosh urushini oldini olish maqsadida kunning ikkinchi yarmida toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlari ostida boʻlmaslikka harakat qiling! Oʻzingizni asrang.
Respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutiladi.
Qirgʻiziston hududidan Fargʻona viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlari boʻyicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deb ogohlantiradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi. Shuningdek, xabar orqali barchani ehtiyot boʻlishga chaqtiradi.