Shuningdek, dam olish kunlarida ko'p uxlash jiddiy yurak yetishmovchiligining rivojlanish xavfini taxminan 19-20 foizga kamaytirishi ma'lum bo'ldi.
Bu haqda Yevropa kardiologiya jamiyati xabar berdi.
“Dam olish kunlarida uyqu yetishmovchiligini qoplash yurak xastaliklarini rivojlanish xavfini kamaytirishi ma'lum bo'ldi. Bu, ayniqsa, ish kunlarida doimiy ravishda uyqusizlikni boshdan kechirgan tadqiqot ishtirokchilari orasida yaqqol namoyon bo'ldi”, dedi Pekindagi Milliy yurak markazi tadqiqotchisi Lin Chjanyuy, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi Yevropa kardiologiya jamiyati matbuot xizmati.
Kardiologlar Buyuk Britaniyaning UK BioBank genom bankining to'plangan ma'lumotlarni tahlil qilish chog'ida ana shunday xulosaga kelishdi. Uni ishlab chiqishda mamlakat aholisi orasidan bir necha yuz ming ko'ngilli ishtirok etdi, ular o'z DNK namunalarini topshirishdi va keng qamrovli tibbiy ko'rikdan o'tishga va tadqiqotchilarning savollariga javob berishga rozi bo'ldi.
Ushbu loyiha doirasida olimlar Buyuk Britaniyaning 90 mingga yaqin UK BioBank ishtirokchilarining uyqu davomiyligini iloji boricha aniqroq o'lchashdi, buning uchun ular ko'ngillilarga maxsus akselerometrlarni berishdi, ular uzoq vaqt davomida ularni taqib yurishdi. Xitoylik shifokorlar ushbu ma'lumotlardan uyquning davomiyligi, shuningdek, ish kunlari va dam olish kunlarida uxlash tartibining uzoq muddat (14 yil) yurak va qon tomirlar faoliyatiga qanday ta'sir qilishini baholash uchun foydalanishdi.
Ularning tahlillari insult, yurak yetishmovchiligi va ishemik kasalligining rivojlanish ehtimolini kamaytirishda dam olish kunlari qo'shimcha uxlash va shu orqali ish kunlaridagi uyqu yetishmovchiligini qoplash muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatdi. Bu orqali yurak va qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfi o'rtacha 19-20 foizga kamaydi va doimiy uyqusiz odamlar uchun bu ba'zi hollarda 30 foiz ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Olimlar ta'kidlashicha, bu ta'sir erkaklar va ayollar uchun bir xil darajada xarakterli bo'lib, barcha yon omillar va genetik xususiyatlar hisobga olinsa, bu ta'sir yo'qolmadi. Bu shuni ko'rsatadiki, ish kunlaridagi uyqusizlikni dam olish kunlarida uzoq vaqt uxlash orqali qoplash yurak va qon tomirlari faoliyatiga foydali ta'sir ko'rsatadi, deb xabar beradi tass.ru.