26-27-sentyabr kunlari Yerda magnit boʻronlari boshlanishi mumkin, bu haqda “Fobos” markazi xabar qildi.
“Shanba kuni Yer magnitosferasi biroz bezovtalanadi, faollik choʻqqisi yakshanba kuniga toʻgʻri keladi, unda maʼlum soatlarda G1 darajadagi kuchsiz magnit boʻronlar paydo boʻlishi mumkin", - deyilgan xabarda.
Dushanba kundanoq geomagnit maydon tinchlana boshlaydi va haftaning oʻrtalariga kelib tinchlanadi.