Havo harorati kechalari 17-20 daraja, kunduz kunlari 31-34 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 35-37 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda, bu sentabr oyining ikkinchi yarmi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir.

20 sentabr – yakshanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha, janubiy viloyatlardan tashqari, bulutlilik kuchayishi va kunduzgi harorat 2-3 darajaga pasayishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomg‘ir faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ishi mumkin.

Respublikaning cho‘l zonasida va tog‘li hududlarida 20 sentabr kuni shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 18-20 daraja, kunduzi

18-19 sentabrda 32-34 daraja, 20 sentabrda 30-32 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.