Shu yilning 7-noyabrda kunduzi havo 10-12 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 14-17 darajagacha, janubda 18-20 darajagacha isiydi. Kechalari ham havo harorati koʻtariladi, hududning katta qismida harorat iliq boʻladi. Kuchsiz sovuq kechasi va ertalab asosan faqat Respublikaning shimolida va choʻl hududlarida saqlanib turadi.
Toshkentda dam olish kunlari havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 7-noyabrda 10-12 daraja iliq boʻladi, 8—9-noyabrda 14-16 daraja iliqqacha koʻtariladi. Harorat kechalari 1-3 daraja iliq boʻladi.









