“2022-yil 9-iyul respublikamizda Qurbon hayiti munosabati bilan ishlanmaydigan va 11, 12-iyul kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilangan.
Shu bois, bayram va dam olish kunlari jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etilganligini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.
2022-yil 9-iyul, shanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
10-iyul, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
11-iyul, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
12iyul, seshanba – qoʻshimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
16-iyul, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.