Butun respublika hududida havo vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi kuchsizdan oʻrtachaga yetishi mumkin, shimoliy hududlarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda uning shiddati sekundiga 23-28 metrni tashkil qilishi mumkin.

Bu kunlarda havo harorati mamlakatimiz hududining katta qismida kechasi 18-23 darajani, kunduzi 33-38 darajani tashkil qiladi, janubda 40 darajagacha isiydi.

Bunday ob-havo sharoitlari Oʻzbekistonda avgustning oʻrtasi uchun xosdir. Avgust – yilning eng quruq oyi hisoblanadi. Odatda bu davrda respublikada havo kam bulutli boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.