Havo harorati yana 1-2 darajaga koʻtariladi va kechalari 18-20 daraja, kunduz kunlari 35-37 daraja atrofida, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 38-39 darajagacha boʻladi.
Bunday harorat avgust oyi oʻrtasi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlarga yaqin va eng issiq yillarda avgust oyida Oʻzbekiston hududi boʻyicha kuzatilgan haroratdan nisbatan pastdir.
20-avgust kuni shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: 18-20-avgust kunlari havo kam bulutli boʻladi. Bugun kunduzi va dam olish kunlari harorat 34-37 daraja boʻladi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtachagacha esadi.