Dam olish kunlari respublikamizda qanday ob-havo kuzatiladi?

    8-dekabrda respublikaning koʻp viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Bu haqda Oʻzgidromet maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, bugun kunning birinchi yarmida Fargʻona vodiysi viloyatlarida va Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Havo harorati asosan 5-7-dekabrda kechalari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduz kunlari 8-13 daraja iliq, shimolda kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq boʻladi.

    8-dekabrda respublikaning koʻp viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Toshkentda: 5-dekabrda kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 6-7-dekabrda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.