Unga koʻra, 23-dekabr, juma kuni Oʻzbekiston hududida sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi. Respublika boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysining ayrim hududlarida kuchsiz qor yogʻishi mumkin. Havo harorati 2-7 daraja, respublika shimolida 3-2 daraja iliq atrofida boʻladi.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab respublikaning ayrim hududlariga tuman tushishi mumkin.

Shanba kuni Oʻzbekiston boʻyicha sovuq havo massasining taʼsiri saqlanib turadi, yakshanba kuni esa respublika hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo 7-10 darajagacha, janubda esa 11-13 darajagacha koʻtariladi.