Mamlakatimizda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomgʻir yogʻishi mumkin. Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi. Harorat 20-25 daraja iliqni tashkil qiladi.
Ertaga sovuq oqim chekinadi. Respublika hududining katta qismida ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, faqat tunda va ertalab Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi.
Harorat kechasi 8-11 darajagacha pasayadi, kunduzi 24-27 daraja boʻladi.
Yakshanba kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo ochiq boʻladi, haroratning kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻlishi kutilmoqda.
Dam olish kunlari mamlakatimiz shimolida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.