Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan quruq va salqin havo kirib kelishi davom etadi.
Respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 avgustda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.
Bugun kunduz kuni havo harorati 32-35° atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari esa yanada salqinlashadi.
Kechasi va ertalab harorat 12-15° gacha pasayadi, kunduz kunlari esa 27-30° atrofida bo‘ladi.
Bunday harorat foni ushbu davr uchun iqlimiy meʼyordan 3-5° ga pastdir.