Bu haqda "Oʻzgidromet" xabar berdi.
"Oʻzgidromet" xabariga koʻra, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Dam olish kunlarida havo harorati asosan kunduz kunlari 34-39o atrofida, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 40-42o gacha boʻladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.
Poytaxtimizda: havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 2-7 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayadi.
Harorat asosan kechalari 24-26o, kunduz kunlari 37-39o boʻladi.