Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi — “Oʻzgidromet“

    “Oʻzgidromet“ agentligi 9-10-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

    Qayd etilishicha, bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha nisbatan salqin ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo harorati 8-13 daraja iliq, baʼzi joylarda 15 daraja iliqqacha, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi.

    Ushbu kunlarda respublika hududi boʻyicha yog ʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda bugun kunduzi biroz yomgʻir yogʻishi, shimolda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, hoʻl qor) boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

    Poytaxtimizda: bugun va dam olish kunlari yogʻingarchilik kautilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 10-13 daraja iliq boʻladi.